Loading icon

Axborot resurs markazi

Hozirgi axborot texnologiyalari kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan asrda informatsion siyosat, madaniyat rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi . «Axborot resurs markazi» ishining asosiy mazmuni - milliy istiqlol g’oyasini keng omma, talabalar orasida targ’ib qilish va tushuntirib borish hamda ularni amalga oshirishda ko'maklashish, komil insonni tarbiyalashdir.

Milliy istiqlol mafkurasining asosi Prezidentimiz asarlarida ko’rsatib berilgan bo’lib, u bizning milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va xususiyatlarimizning umumbashariy demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashuvidan iboratdir. Milliy Mustaqillik mafkurasi o’zimizga mos turmush tarzimiz, xalqimiz an’analari va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi asosiga qurilganligi tufayli ma’lum bir siyosiy doiralarning emas, balki butun xalqning, millatning mafkurasiga aylanishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 iyun 2006 yildagi № 381-sonli «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil qilish» to'grisidagi qarori asosida respublika miqyosida «Axborot-resurs markazlari» tashkil topdi.