Loading icon

1986 - yil

Urganch Tibbiyot
bilim yurti

Xorazmda meditsina

bilim yurtlarining tashkil topish jarayoni

Xorazmda XX asrning dastlabki o’n yilligidan boshlab, sog’liqni caqlash ishlariga e’tibor bilan qaraldi. 1913 yilda Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo’ja tashabbusi bilan dastlabki kasalxona faoliyat ko’rsata boshladi. Urganch shaxrida 1914 yildan kichik medpunkt ishga tushdi. Turkistonda birinchi marta 1920 yildan tibbiy ta’lim va maxalliy kadrlarni tayyorlashga asos solindi. Toshkent shahrida 1920 yilda birinchi tibbiyot bilim yurti ochildi va ko’plab mutaxassislar etkazib bera boshladi. Bu bilim yurti xozirgi davrda Yo’ldosh Oxunboboev nomidagi tibbiyot kolleji deb nomlanadi. Xorazm viloyatining dastlabki meditsina xamshirasi bo’lib ishlagan Maryam Sultonmurodovaning nomini hozirgacha etuk inson mutaxassis sifatida eslashadi. .

Maryam Sultonmurodova Urganch tumanidagi Chandirqiyot qishlog’ida tug’ilgan bo’lib, dastlabki bilimni Toshkentda, sungra Orenburgda olgan edi. Keyinchalik Maryam Sultonmurodova davlat yullanmasi bilan Germaniyaga o’qishga ketgan. 1937 yilda nohaq ayblanib qamaladi va 1954 yilgacha turli joylarda surgunda, qamoqda bo’ladi. 1954 yilda aybsiz deb topilib, butunlay oqlanib o’z qishlog’iga keladi. 2 yil davomida Qoramon qishlog’ida akusher-hamshira bo’lib, keyinchalik Chandirqiyot qishlog’ida akusher hamshira bo’lib ishlagan. Uning harakati bilan 1959 yil qishloqda medpunkt qurilgan. Insonlar salomatligi yo’lida kechasi ham, kunduzi ham tinmay ishlagan. Xorazmda 1946 yildan boshlab, birinchi marta Xiva shahrida meditsina bilim yurtini tashkil qilish g’oyasi shu davrda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasining boshlig’i vazifasida

ishlab turgan Quramboy Matjonovning tashabbusi bilan boshlandi. 1946 yil dekabr oyida viloyat ijroiya ko’mitasining Xiva shahrida meditsina bilim yurtini ochish tug’risida qarori qabul qilindi. 1947 yil birinchi marta Xiva shahrida meditsina bilim yurti faoliyat kursata boshladi. 1949 yildan boshlab dastlabki hamshiralar, feldsherlar etishib chiqdi. Uzoq yillar temir yul kasalxonasida bosh shifokor lavozimida ishlagan Egam Iskandarov, etuk mutaxassis Sayidmurod Madaminov Xiva meditsina bilim yurtining dastlabki qaldirg’ochlari hisoblanadi. 1980 yildan boshlab, Orol bo’yidagi ekologik holatning yomonlashib borishi viloyatimiz uchun ko’plab etuk meditsina hamshiralari tayyorlashni taqoza qilar edi.

Ana shu maqsadda Urganch tibbiyot bilim yurti 1986 yilda sobiq O’zbekiston Ministrlar kengashining №73r200284 qarori va Xorazm viloyati xalq deputatlari kengashining№ 30G’14 qaroriga asosan tashkil etildi. Urganch tibbiyot bilim yurtini tashkil etish ishlariga o’sha vaqtda o’rta meditsina xodimlarining malakasini oshirish markazining rahbari bo’lib turgan Qalandar Qurbonov boshchilik qildi. Bilim yurti binosi qilib, oldingi davrdagi 167-qurilish tresti yotoqxonasi vaqtincha berilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil №400 qaroriga asosan Urganch tibbiyot bilim yurti 2001-2002 yillar davomida rekonstruktsiya qilinib va qayta jihozlanib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2002 yil 30 noyabr №327 buyrug’iga binoan unga kollej maqomi berilgan.