Loading icon

Hamshiralik ish yo'nalishi

Tayyorlov yo’nalishi: 3510700 - Hamshiralik ishi. Kasb: 3510701-Tibbiyot hamshirasi. O’qish muddati -3 yil. O’qish turi - kunduzgi.

Ixtisosliklar:
- Umumiy amaliyot hamshirasi
- Shoshilinch va tez tibbiy yordam stantsiya (bo’limi) hamshirasi
- Patronaj hamshirasi

Tibbiyot hamshirasi kasbi bo’yicha mutaxassis tayyorlovchi o’rta maxsus tibbiy ta’lim ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan bitiruvchiga o’rta maxsus tibbiy ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi. Umumiy amaliyot hamshirasi kasbiy tavsifi bitiruvchining kasbi va kasb tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq kasbiy faoliyati sohalari.

Tibbiyot hamshirasi:
Barcha davolash-profilaktika muassasalarida, QVP (qishloq vrachlik punkti) larda, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat va Respublika tibbiyot muassasalari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida, ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida, ilmiy-tekshirish institutlari klinikalarida, tez tibbiy yordam stantsiyalarida, oilaviy poliklinikalar, fizioterapiya va reabilitatsiya bo’limlarida, stomatologik, xususiy klinikalarda, tug’ruq komplekslari, harbiy gospitallar va harbiy qismlar tibbiyot punktlari, ijtimoiy ta’minot muassasalarida, shifokor xonasida, muolaja, operatsiya, emlash va registratura xonalarida, markazlashgan sterilizatsiya va fizioterapiya bo’limlarida aholi sog’lig’ini saqlash va bemorlarga yo’naltirilgan hamshiralik ishini amalga oshiradi, shuningdek parxez ovqatlanish, davolovchi jismoniy tarbiya va massaj hamshirasi, tibbiyot statisti sifatida faoliyat yuritadi.Bitiruvchining kasbi va kasb tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq kasbiy.

Farmatsevt yo'nalishi

T3510500 - Farmatsiya Kasb: 3510501 - Farmatsevt assistenti. O’qish muddati - 3 yil. O’qish turi - kunduzgi.

Ixtisosliklar:
- Farmatsevt assistenti
- Dori vositalarini ishlab chiqarish operatori

Farmatsevt assistenti kasbi bo’yicha kichik mutaxassis tayyorlovchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan bitiruvchiga o’rta maxsus ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi. Farmatsevt assistenti kasbiy tavsifi. Bitiruvchining kasbi va kasb tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq kasbiy faoliyati sohalari.

Farmatsevt assistenti:
«Dori-darmon» davlat aktsiyadorlik uyushmasiga qarashli turli mulkchilik shaklidagi dorixona, tayyor dori-darmonlar, parafarmatsevtik mahsulot va tibbiy buyumlarini, bemorlarni parvarishda ishlatiladigan buyumlarni, sanitariya va gigiena buyumlarini sotadigan, dorivor o’simliklar va ulardan sharbatlar tayyorlaydigan dorilar bo’limlarida, dorixonalarda dorilarni tayyorlovchi, davolash profilaktika muassasalari uchun dori tayyorlaydigan dorixonalarda buyurtmalarni to’plovchi, farmatsevt-tovarshunos, nazorat-analitik laboratoriyalarda, tayyor dori vositalarini sotadigan (tarqatuvchi) dorixona shaxobchalarida, dori vositalarini ishlab chikarish korxonalarida tayyor dori vositalarini kadoklash va markirovkalash buyicha operator lavozimlarida oliy ma’lumotli farmatsevtlar nazorati ostida faoliyat yuritadi.

Dori vositalarini ishlab chiqarish operatori:
Dori vositalarini ishlab chiqarish operatori kasbi bo’yicha farmatsevtika sohasidagi ishlab chiqarish korxonalarida, dorivor o’simliklar va ulardan sharbatlar tayyorlaydigan bo’limlarida, buyurtmalarni to’plovchi, korxona omborlarida, nazorat-analitik laboratoriyalarda tayyor dori vositalarini kadoklash va markirovkalash buyicha operator sifatida faoliyat yuritadi. Farmatsevt assistenti tibbiyot ilmining nazariy va amaliy tomonlarini chuqur bilgan holda farmatsevt ko’rsatmalarini kamchiliksiz bajaradi, aholiga va davolash-profilaktika muassasalariga tez va muntazam ravishda sifatli dori darmonlarni tayyorlab beradi, kechiktirib bo’lmaydigan holatlarda tez tibbiy yordam ko’rsata biladi, dorixona bo’limlarida barcha tegishli xujjatlarni hamda hisob-kitob ishlarini olib boradi, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qiladi. Bitiruvchining kasbi va kasb tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq.

Farmatsevt assistentiga qo’yiladigan talablar:
puxta nazariy bilimga ega bo’lish, aholiga va davolash muassasalariga tez va muntazam sifatli dori-darmonlarni tayyorlab berish, tez tibbiy yordam ko’rsata bilish, lavozim javobgarligini to’la his qilish, professional nutq egasi bo’lish, kompyuter savodxonligi, yangi bilimlarni o’zlashtirib borish.

Davolash ish yo'nalishi

Tayyorlov yo’nalishi: 3510100 - Davolash ishi. Kasb: 3510101 - Davolash ishi feldsheri. O’qish muddati -3 yil. O’qish turi - kunduzgi.

Ixtisosliklar:
- Umumiy amaliyot feldsheri
Yo’nalishni tugatgan talabalarga ixtisosligi bo’yicha diplom beriladi.

Umumiy amaliyot feldsheri qo’yiladigan talablar:
Puxta nazariy bilimga ega bo’lish, birinchi tez tibbiy yordam ko’rsata bilish, lavozim javobgarligini to’la his qilish, professional nutq egasi bo’lish, kompyuter savodxonligi, yangi bilimlarni o’zlashtirib borish.

Umumiy amaliyot feldsheri:
Barcha davolash-profilaktika muassasalarida, QVP (qishloq vrachlik punkti), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida, tez yordam stantsiyalarida ishlash uchun tayyorlanadi. Umumiy amaliyot feldsheri tabobat ilmining nazariy va amaliy tomonlarini chuqur bilgan holda vrach ko’rsatmalarini bekamu-ko’st bajaradi, kechiktirib bo’lmaydigan holatlarda tez tibbiy yordam ko’rsatadi, mustaqil tashxis qo’yadi, bemorga qanday ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatilishini aniqlaydi, aholi o’rtasida ona va bola salomatligini muhofaza qiladi, sog’lom avlodni shakllantiradi, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qiladi.

Tibbiy Profilaktika ish yo'nalishi

Tayyorlov yo’nalishi: 3510300 - Tibbiy profilaktika. Kasb: 3510301 - Tibbiy profilaktika ishi feldsheri. O’qish muddati -3 yil. O’qish turi - kunduzgi.

Ixtisosliklar:
- Tibbiy profilaktika feldsheri
Yo’nalishni tugatgan talabalarga ixtisosligi bo’yicha diplom beriladi.

Tibbiy-profilaktika ishi feldsheri:
Kasbi bo’yicha mutaxassis tayyorlovchi o’rta maxsus tibbiy ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan bitiruvchiga o’rta maxsus tibbiy ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Tibbiy-profilaktika ishi feldsheri:
Barcha DSENM (Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi)lariningsanitariya gigiena bo’limlarida: bolalar va o’smirlar gigienasi, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi, radiatsiya gigienasi, ekologiya, kommunal gigienasi bo’yicha vrach yordamchisi vazifasida, hamda epidemiologiya bo’limining epidemiolog, parazitolog, entomolog yordamchisi, dezinstruktor vazifasida ishlashlari uchun tayyorlanadi. Tibbiy profilaktika ishi vrachlarining assistentlari nazorat ostiga olingan muassasalarda (ob’ektlarda), turar joy va jamoat binolari, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari, davolash-profilaktika muassasalari, tashqi muhit omillari (havo, suv, tuproq, oqava suvlari), bolalar va o’smirlar muassasalari (bog’cha, maktab, gimnaziya, internet, kollej, sog’lomlashtirish oromgohlari...), sanoat ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo’jalik sohalari, bosmaxonalar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, oziq-ovqat bilan savdo qilish korxonalari ustidan ogohlantiruvchi va joriy Davlat sanitariya nazoratini olib boradilar.

Feldsher lobarant yo'nalishi

Tayyorlov yo’nalishi: 33510200 - Laboratoriya diagnostikasi. Kasb: 3510201 - Feldsher-laborant. O’qish muddati -3 yil. O’qish turi - kunduzgi.

Ixtisosliklar:
- Tibbiy laborant
- Funktsional va nur diagnostika xonalari feldsher-laboranti
Yo’nalishni tugatgan talabalarga ixtisosligi bo’yicha diplom beriladi.

Feldsher-laborant
Kasbi bo’yicha kichik mutaxassis tayyorlovchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim dasturining nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o’tgan bitiruvchiga o’rta maxsus ma’lumot to’g’risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi. Feldsher-laborant kasbi tavsifi Bitiruvchining kasbi va kasb tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq kasbiy faoliyati sohalari.

Tibbiy laborant:
Respublika, viloyatlar, shahar va qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinkalari davolash profilaktika muassasalarida, klinik, bioximik, gistologik va tsitologik, rezus, mikrobiologik laboratoriyalarida; davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari gigienik, bakteriologik laboratoriyalarida; Funktsional va nur diagnostika xonalari feldsher-laboranti. -rentgent xonasi, ultratovush tekshiruvi (UTT) xonasi, elektrokardiografiya (EKG) xonasi, exoentsefalografiya (EXOREG)xonasi, radionuklid tekshirish xonasi, kompyuter tomografiyasi tekshirish xonasi, angiografiya, endoskopiya, magnit rezonans tomografiya (MRT) tekshirish xonalarida ishlash, zamonaviy tibbiy apparaturalarida tashhislash va reabilitatsiya ishlarini amalga oshirish, QVP (qishloq vrachlik punkti)larda, fizioterapiya va reabilitatsiya bo’limlarida, QOP (qishloq oilaviy poliklinikalarida), xususiy klinikalarda ishlash uchun tayyorlanadi. Bitiruvchining kasbi va kasb tarkibidagi ixtisosliklarga muvofiq kasbiy.

Copyright 2019 | Designed By Distinctive Themes