Loading icon

"Eng faol kitobxon" ko'rik-tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3271-son qarori hamda 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F–4789-son farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Urganch tibbiyot kollejida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, talabalarda kitobni mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida talabalar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Urganch tibbiyot kollejida “Navro‘z” bayrami

Urganch tibbiyot kollejida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlanib tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda guruhlararo milliy dasturxon, milliy libos hamda devoriy gazetalar nominatsiyalari asosida belashuvlar o‘tkazildi. Tadbirni kollej direktori M.Axmedova ochib berdi. Hamma o‘qituvchi, ishchi xodimlarni, hamda o‘quvchilarni samimiy qutladilar. Tadbir Yoshlar ittifoqi yetakchilari va ARM bilan birgalikda senariy asosida tashkillashtirildi hamda davrani qizg’in olib borishdi. O‘quvchilar o‘zlari tayinlagan kuy-qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari, raqslari bilan hammani hushnut etdilar.